O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Navoiy filialiga eronlik investor, «Navoiy kimyo Sepehr»direktori Alireza RAJABIJORSHARI tashrif buyurdi

2022-yil 14-fevral kuni boshqaruvchi direktor A. Rajabi boshchiligidagi Eron delegatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Navoiy filiali ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi. Kafedraning ilmiy xodimlari va doktorantlari bilan suhbat chog’ida mehmonlar o’z kompaniyasi xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun turli xil kimyoviy reagentlar va aralashmalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanayotganini va o’z mintaqasida yetakchi korxona ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, ular Navoiy viloyatida shunga o’xshash kimyo zavodiga sarmoya kiritish va qurish niyatini e’lon qilishdi va loyihani ilmiy qo’llab-quvvatlash uchun olimlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.